1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya va Eron strategik sheriklik bitimini imzoladi

Bu harbiy jihatga ega bo'lmagan kelishuv hisoblanadi.

Rossiya va Eron strategik sheriklik bitimini imzoladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron bilan strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

 

Bitimga ko‘ra, agar tomonlardan biriga hujum qilinsa, ikkinchi tomon “tajovuzchiga har qanday harbiy yoki boshqa yordam ko‘rsatmasligi” va nizoni tinch yo‘l bilan hal qilishga ko‘maklashishi lozim. Bu yondashuv Rossiyaning Shimoliy Koreya (KXDR) bilan tuzgan shartnomasidan farq qiladi — u yerda hujum holatida bevosita harbiy yordam ko‘rsatish majburiyati mavjud edi.

 

Yangi kelishuvda esa harbiy aralashuv nazarda tutilmagan, bu esa Moskva va Tehron o‘rtasidagi hamkorlikning ehtiyotkor va diplomatik tusda shakllanayotganini anglatadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика