Rossiya vertolyoti Finlandiya havo hududini buzdi, deb xabar bermoqda mamlakat Mudofaa vazirligi
“Rossiyaga tegishli ’Mi-17’ vertolyoti Finlandiya havo hududida ruxsatsiz 4 kilometrdan 4,5 kilometrgacha uchdi. Hodisa Finlandiya sharqidagi Kesalahti va Parikkala hududlarida yuz berdi”, — deyiladi harbiy departament xabarida.
Hozirda chegara qo‘riqlash xizmati voqea yuzasidan tekshiruv boshlagan.
Mamlakat Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Kristian Vakkurining so‘zlariga ko‘ra, bu joriy yilda Rossiya tomonidan respublika havo chegarasini buzish bilan bog‘liq ikkinchi holatdir. Birinchisi 8-aprel kuni Porvoo yaqinida sodir bo‘lgan. Keyin bu Rossiya Federatsiyasiga tegishli uzoq masofali yo‘lovchi samolyot ekanligi aniqlangan.


