1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya vizasiz rejimni Osiyo va Yaqin Sharqda kengaytirmoqda

Endi elektron vizalardan foydalanish rejimi joriy etiladi.

Rossiya vizasiz rejimni Osiyo va Yaqin Sharqda kengaytirmoqda

 

Rossiya Federatsiyasi Yaqin Sharq va Osiyoning qator davlatlari bilan vizasiz rejim joriy etish, shuningdek, elektron vizalar tizimini kengaytirish rejasini e’lon qildi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS agentligi.

 

“Joriy yilning aprel oyida Ummon bilan vizalarni bekor qilish to‘g‘risida bitim imzolandi. Hozirda Iordaniya, Myanma, Bahrayn va boshqa qator mamlakatlar bilan ham xuddi shunday kelishuvlarga erishish ustida ish olib borilmoqda”, — dedi vazir.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya elektron viza tizimini takomillashtirishni ham rejalashtirmoqda. Jumladan, vizaning takroriy foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Hozirda Rossiyaga elektron viza asosida 64 mamlakat fuqarolari kirish huquqiga ega.

 

Yangi siyosat Rossiyaning turizm, savdo va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan ochiqlik siyosatining bir qismi sifatida qaralmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика