Microsoft kompaniyasining so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Rossiya hukumatiga ishlaydigan xakerlar Ukrainaga 24 fevraldan buyon 47 ta kiberhujum amalga oshirgan.
Kompaniya mutaxassislarining maʼlum qilishicha, Ukrainaga xakerlar hujumi RF "maxsus operatsiya"sidan bir yil oldin boshlangan. Ular rus harbiylariga o‘z missiyasini bajarishi uchun yordam berishga harakat qilgan.
Shu bilan birga kiberjinoyatchilar va harbiylar birgalikda harakat qilgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga ular o‘zaro harakatlarni muvofiqlashtirib turganmi yoki faqatgina bir vazifani bajarganmi — bu hozircha nomaʼlum.
Masalan, 1 mart kuni Kiyev telemarkaziga raketa zarbalari berilgan bir paytda, qator mahalliy kompaniyalarga kiberhujumlar amalga oshirilgan. Bundan tashqari, Mariupol shahriga Rossiya armiyasi hujum qilayotgan bir vaqtda ukrainaliklar elektron pochtasiga RF tashkilotlaridan maktub kelgan. Unda Kiyev o‘z askarlarini tashlab ketgani aytilgan.
Avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotining ikkinchi bosqichi maqsadi ochiqlangandi.


