Rossiya avvalroq “siyosiy sabablarga ko‘ra” to‘xtatilgan Yamal-Yevropa gaz quvuri orqali Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklashga tayyor. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi hukumati raisining o‘rinbosari Aleksandr Novak maʼlum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa bozorida gaz taqchilligi dolzarbligicha qolmoqda. Rossiyada esa taʼminotni qayta tiklash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
“Masalan, siyosiy sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan Yamal-Yevropa quvuridan foydalanilmayapti."Bugun biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, gazimizga talab bor. Shuning uchun biz Yevropani mahsulotlarimiz uchun potensial bozor sifatida ko‘rishda davom etamiz. Bizga qarshi keng ko‘lamli kampaniya boshlangani, bu sabotaj bilan yakunlangani aniq", — dedi Novak.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi oxirida Rossiya Yamal-Yevropa quvuri orqali gaz yetkazib berishni to‘xtatgan edi.


