1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreya bilan urush rejalarini ishlab chiqqan — FT

Tomonlar nishon sifatida 160 ta obyektining ro‘yxatini tayyorlagan.

Rossiya Yaponiya va Janubiy Koreya bilan urush rejalarini ishlab chiqqan — FT

Rossiya harbiylari to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuv yuz bergan taqdirda ikki davlat hududidagi nishon sifatida 160 ta obyektining ro‘yxatini tayyorlagan. Gazeta bu haqda G‘arb manbalari tomonidan taqdim etilgan, 2013–2014 yillarga oid Rossiya harbiylarining maxfiy hujjatlariga tayanib yozmoqda.

 

Ushbu ro‘yxatdagi obyektlarning yarmi harbiy maqsadli bo‘lib, ular orasida Yaponiya va Janubiy Koreya qurolli kuchlarining qo‘mondonlik markazlari, radiolokatsiya tizimlari, aviabazalar va harbiy-dengiz obyektlari bor. Ammo ro‘yxatda fuqarolik va energetik infratuzilma, jumladan zavodlar, ko‘priklar va hatto atom elektr stansiyalari ham keltirilgan. Hujjatlarda, shuningdek, zarba berishda X-101 raketalaridan foydalanish imkoniyati ham ko‘rib chiqilgan.

 

"Bu hujjatlar Rossiya harbiylarini 2008–2014 yillar oralig‘ida potensial hujumlarga tayyorlash uchun mo‘ljallangan, ammo ular Rossiyaning harbiy strategiyasi uchun hali ham dolzarb. Rossiya harbiylari NATO bilan urush yuz bergan taqdirda mamlakatning sharqiy chegaralari zaif nuqta bo‘lib qolishini va AQSH hamda uning ittifoqchilari tomonidan hujumga uchrash ehtimoli mavjudligini xavotir bilan kutmoqda", — deb yozadi Financial Times.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика