1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya yutqazishi kerak — Zelenskiy

Ukraina Prezidenti Vashingtonga keldi.

Rossiya yutqazishi kerak — Zelenskiy

 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSh poytaxti Vashingtonga keldi, yetakchi bu yerda bir qator muhim muzokaralar olib boradi.

 

"Bugungi Vashingtondagi muzokaralar muhim ahamiyatga ega. Ukraina uchun havo mudofaasi eng muhim masalalardan biri", — deb yozadi u.

 

Davlat rahbari, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bir kecha-kunduzda uyushtirgan yirik raketa zarbasiga ham izoh berib, raketalarning aksariyati urib tushirilganini aytdi.

 

"Ukrainani raketaga qarshi tizimlar bilan ta'minlagan har bir davlatga rahmat. Biz Rossiyani terrorchilik salohiyatidan butunlay mahrum qilish ustida ishlayapmiz va bu natijaga erishishimiz kerak", — deya ta'kidladi Zelenskiy.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat havo hujumidan mudofaa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va frontda ukrainalik askarlarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq muhtoj.

 

"Rossiya yutqazishi kerak", — deya xulosa qildi Ukraina rahbari.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика