Rossiya prezidenti Vladimir Putin Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligi tan olingani to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Farmonda taʼkidlanishicha, Putin xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va meʼyorlariga muvofiq ushbu qarorni qabul qilgan.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qilishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 15:00 da Putin Kremlda Donesk, Lugansk, Xerson va Zaporojyening Rossiya tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolaydi.


