Xorijiy ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Suriya sobiq prezidenti Bashar al-Asad Moskvada zaharlanish yo‘li bilan suiqasdga uchragan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Rossiya poytaxtida kasalxonaga yotqizilib, intensiv tibbiy yordam olganidan so‘ng sog‘lig‘i barqarorlashgan va shifoxonadan chiqarilgan.
Manbalarda qayd etilishicha, davolanish jarayonida Asadni faqat cheklangan shaxslar — uning akasi Maher Asad hamda prezidentlik ishlari bo‘yicha sobiq bosh kotib Mansur Azzam ko‘rishga ruxsat olgan.
Siyosiy sharhlovchilar ushbu suiqasd urinishini shaxsiy dushmanlik emas, balki kengroq siyosiy maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Xususan, operatsiya ortida Asadning o‘ldirilishi orqali Rossiya hukumatini ayblash rejasi bo‘lgani taxmin qilinmoqda.


