1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada benzin taqchilligi kuchaymoqda

Ukrainaning dron hujumlari Rossiya neft zavodlarini ishdan chiqarib, yoqilg‘i tanqisligini yanada chuqurlashtirgani aytilmoqda.

Rossiyada benzin taqchilligi kuchaymoqda

Rossiyaning Uzoq Sharq hududlarida benzin taqchilligi keskinlashib bormoqda. Mahalliy nashrlarning yozishicha, Ukraina dronlari tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida mamlakatning qariyb 13 foiz neftni qayta ishlash quvvati ishdan chiqqan, natijada yoqilg‘i quyish shoxobchalarida kilometrlab navbatlar paydo bo‘lgan. Ayrim hududlarda esa yoqilg‘i faqat kupon yoki maxsus kartalar orqali sotilmoqda. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi. 

 

Primorye viloyati va unga tutash hududlarda avgust boshidan boshlab ta’minotdagi uzilishlar sezila boshlagan. Arsenyev, Ussuriysk va Chuguyevsky tumanlarida boshlangan muammo endi Vladivostok shahri bo‘ylab ham tarqalmoqda. Ayrim avtodromlarda haydovchilar soatlab navbat kutishga majbur bo‘layotgani ma’lum qilindi.

 

Rasmiylar taqchillikni mavsumiy talabning ortishi, temir yo‘l orqali yetkazib berishdagi kechikishlar va yo‘llardagi ta’mirlash ishlari bilan izohlasa-da, mutaxassislar vaziyatni neft zavodlarining ishlamay qolishi bilan bog‘lashmoqda. Shu bilan birga, benzinning ulgurji narxi rekord darajada oshgan — A-92 markali yoqilg‘ining bir tonnasi 71 970 rubl, A-95 esa 81 337 rublga yetgani qayd etildi.

 

Rossiya hukumati iyul oxiridan boshlab yoqilg‘i eksportiga taqiq joriy qilgan bo‘lsa-da, ekspertlar bu chora ichki bozorni to‘liq barqarorlashtira olmasligini aytmoqda. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, vaziyat barqarorlashmasa, transport sohasida jiddiy uzilishlar va iqtisodiy bosimlar kuchayishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика