1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada benzin taqchilligi sabab zapravkalar yopilmoqda

Hukumat benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni yil oxirigacha uzaytirdi.

Rossiyada benzin taqchilligi sabab zapravkalar yopilmoqda

Rossiyada benzin taʼminotidagi uzilishlar ortidan 360 ta yoqilg‘i quyish shahobchasi faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hukumat benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2025 yil oxirigacha uzaytirdi. Shuningdek, yoqilg‘i ishlab chiqarmaydigan kompaniyalar uchun dizel eksportiga ham cheklov saqlanib qolmoqda. Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak bu orqali ichki bozor qo‘shimcha neft mahsulotlari bilan taʼminlanishini taʼkidladi.

 

Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksyonov esa aholiga videomurojaat yo‘llab, vaziyatni tan oldi va mahalliy aholi hamda sayyohlardan sabr qilishni so‘radi. Uning aytishicha, AI-92 markali benzin bo‘yicha muammo ikki haftada, AI-95 benzini bo‘yicha esa ikki kunda hal qilinishi rejalashtirilgan.

 

“Izvestiya” maʼlumoticha, taʼminot muammolari Moskva va Moskva viloyati, Belgorod, Saxalin, Primore va Stavropol kabi hududlarda kuzatilmoqda. “Kommersantʼ” esa Ukraina dron hujumlari tufayli oxirgi ikki oyda Rossiya neftni qayta ishlash hajmi 10 foizga kamayganini, bu esa benzin tanqisligi va 360 ta shahobchaning yopilishiga olib kelganini qayd etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика