1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada elektron vizalar muddati uzaytirildi, chegara qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi

Yangi qonun turizm va biznes maqsadida keluvchilar sonini oshirishga xizmat qiladi.

Rossiyada elektron vizalar muddati uzaytirildi, chegara qoidalariga o‘zgartishlar kiritildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xorijlik fuqarolar uchun elektron vizalarning amal qilish muddatini va mamlakat hududida qolish imkonini ikki baravar oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bu haqda huquqiy axborotning rasmiy portalida e'lon qilindi.

 

Yangi tartibga ko‘ra, elektron vizaning amal qilish muddati 60 kundan 120 kunga, Rossiyada bo‘lish muddati esa 16 kundan 30 kunga uzaytirildi. Ushbu o‘zgarishlar turizm, biznes, gumanitar va mehmonlik maqsadida Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari uchun qulayliklar yaratishi kutilmoqda.

 

Tashabbus mualliflari qayd etishicha, yangi qonun migratsiya nazoratini saqlab qolgan holda, Rossiyaning milliy xavfsizlik talablariga zid kelmaydi va xorijliklar oqimini oshirishga xizmat qiladi.

 

Shuningdek, qonun bilan Rossiya fuqarolari uchun ham ayrim o‘zgarishlar joriy qilindi. Endilikda chet elda voyaga yetmagan farzandni aniqlashda tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma yaroqli hujjat hisoblanmaydi. Bunday hujjat Rossiyani tark etishda ham foydalanilmaydi. Biroq bu o‘zgarish ilgari, qonun kuchga kirishidan oldin Rossiyani ushbu hujjat bilan tark etgan voyaga yetmaganlarga tatbiq etilmaydi — ular Rossiyaga qaytishda shu hujjatdan foydalanishlari mumkin.

 

Bundan tashqari, endilikda chegara idoralari maxsus ruxsat bilan Rossiya Federatsiyasi hududini rasmiy nazorat punktlaridan tashqarida kesib o‘tishga ruxsat berish huquqiga ega. Shuningdek, chegarachilarga kichik hajmdagi kemalar, muz ustida harakatlanuvchi transport vositalari va ularning yuklarini, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy buyumlarini to‘xtatish va tekshirish vakolati berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика