Rossiya harbiy samolyoti Sibir janubidagi turar-joy hududiga quladi, deya xabar bermoqda BBC nashri.
Qayd etilishicha, “SU–30” qiruvchi samolyoti Irkutsk shahridagi ikki qavatli uyga borib urilgan.
Bortda bo‘lgan ikkala uchuvchi ham halok bo‘lgan, biroq aholidan hech kim jabrlanmagan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, samolyot qulagan paytda sinov parvozini amalga oshirayotgan edi. Ijtimoiy tarmoqlardagi videolarda bir nechta binolar yonayotgani aks etgan.


