1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi

Ular avtomashina va qurol-yarog‘ talab qilgan.

Rossiyada mahbuslar qamoqxona xodimlarini garovga oldi

Rossiyaning Rostov viloyatida olti nafar sudlanuvchi tergov izolyatorida kameradagi panjarani buzib, izolyatorning ikki nafar xodimini garovga oldi. Bu haqida mahalliy nashrlar yozmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar orasida terrorchilik aybi bilan sudlangan bir necha kishi bor. Jinoyatchilar o‘zlarining ISHIDga aloqador ekanliklarini eʼlon qilishgan.

Jinoyatchilar avtomashina, qurol-yarog‘ va izolyatordan chiqib ketish imkoniyatini talab qilishgan.

 

“Interfaks” nashriga ko‘ra, Federal Jazoni ijro etish xizmati matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Rostovdagi tergov izolyatorida garovga olinganlar ozod qilingan, jinoyatchilar esa yo‘q qilingan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика