Rossiyada maktablarda yuqori sinf o‘quvchilari dronlardan urushda foydalanishga o‘rgatiladi.
"RIA Novosti"ning xabar berishicha, yangi o'quv yilidan boshlab 10-11-sinf o‘quvchilari uchun boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha maktab o‘quv dasturiga dronlar mavzusi kiritilgan.
Unga ko'ra, maktab o‘quvchilariga nafaqat razvedka ishlarini olib borish va jang maydonida dronlardan foydalanish, balki dushmanning uchuvchisiz uchoqlariga qarshi turish ham o‘rgatiladi.
Bunday kurs bir oy oldin Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashida e'lon qilingan edi. Mudofaa vazirligi va Ta’lim vazirligi esa g‘oyani qo‘llab-quvvatlagandi.
Rossiya OAVlarining yozishicha, maktab o'quvchilari uchun harbiy tayyorgarlik yangi o'quv yilidan boshlab hayot xavfsizligi darslarining bir qismi sifatida paydo bo'ladi.


