1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada maktabda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi qurolli hujum uyushtirdi

O‘quvchi pnevmatik qurol va petardadan foydalangani aytilmoqda.

Rossiyada maktabda to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi qurolli hujum uyushtirdi

 

Rossiyaning Ufa shahrida joylashgan 16-sonli shahar gimnaziyasida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi tomonidan qurolli hujum sodir etildi. Bu haqda mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar va OAV manbalari xabar berdi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi plastik pnevmatik qurol va petarda bilan ta’lim muassasasiga kirib, dars jarayonida o‘qituvchi hamda uch nafar sinfdoshiga bir necha marotaba o‘q uzgan. Shuningdek, portlashga o‘xshash tovush eshitilgani qayd etilgan.

 

Voqea haqida xabar mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:00 da kelib tushgan. Hodisa joyiga zudlik bilan politsiya, Rossiya Milliy gvardiyasi va favqulodda xizmatlar yetib borgan. Maktab hududi o‘rab olinib, kirish yo‘llari vaqtincha yopilgan.

 

Boshqirdiston hukumati rahbari o‘rinbosari Ural Kilsenbayevning ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Gumonlanuvchi o‘quvchi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan tergov organlari tomonidan bir qator jinoiy ishlar, jumladan, mansabdor shaxslarning beparvoligi bilan bog‘liq moddalar asosida surishtiruv ishlari boshlangan.

 

Eslatib o'tamiz, dekabr oyida Odintsovo tumanidagi maktabda pichoq bilan qurollangan to'qqizinchi sinf o'quvchisi tojikistonlik o'n yoshli o'quvchiga hujum qilgan edi. Fojia oqibatida to'rtinchi sinf o'quvchisi vafot etgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика