1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar 2026-yildan to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

Yangi tartib rus tili, Rossiya tarixi hamda Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha bilimlarni tekshirish imtihonlariga taalluqli bo‘ladi.

Rossiyada migrantlar uchun imtihonlar 2026-yildan to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi

 

 


Rossiyada xorijiy fuqarolar uchun majburiy imtihonlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq elektron formatda o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat Ta’lim va fan vazirligi ma’lum qildi. Yangi tartib rus tili, Rossiya tarixi hamda Rossiya qonunchiligi asoslari bo‘yicha bilimlarni tekshirish imtihonlariga taalluqli bo‘ladi.

 

Mazkur imtihonlar patent, yashash uchun ruxsatnoma yoki boshqa hujjatlarni olishni rejalashtirgan migrantlar uchun majburiy hisoblanadi. Endilikda testlar qog‘oz shaklida yoki videoyozuvsiz og‘zaki suhbat tarzida o‘tkazilmaydi. Barcha jarayonlar kompyuter va masofaviy texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu islohotdan asosiy maqsad — bilimlarni baholashda inson omilini kamaytirish, jarayon shaffofligini oshirish va korrupsiya xavfini bartaraf etishdir. Nazorat organlari imtihon jarayonini real vaqt rejimida kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi, topshiriqlarning maxfiyligi esa yanada kuchaytiriladi.

 

Shuningdek, savollar bazasi har oy yangilanib boriladi, bu esa oldindan tarqatilgan javoblar yoki noqonuniy “tayyor kalitlar”dan foydalanishni samarasiz qiladi. Islohot doirasida imtihon o‘tkazish huquqi faqat davlat muassasalariga beriladi va ularning faoliyati Rosobrnadzor tomonidan qat’iy nazorat qilinadi. Bu orqali vositachilar va noqonuniy sertifikat berish sxemalariga barham berilishi ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика