1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada migrantlar uchun ish turlari bo‘yicha cheklovlar kuchaytirildi

Yangi cheklovlar transport, savdo, taʼlim va kuryerlik sohalarini qamrab oladi.

Rossiyada migrantlar uchun ish turlari bo‘yicha cheklovlar kuchaytirildi

 

Rossiyaning Samara viloyatida migrantlar uchun faoliyat turlari bo‘yicha cheklovlar kuchaytirildi. Viloyat gubernatori Vyacheslav Fedorishchev imzolagan farmonga muvofiq, 2026 yilda patent asosida ishlayotgan xorijiy fuqarolarning ayrim sohalarda faoliyat yuritishi uch oy muddatga taqiqlanadi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

 

Farmonda taʼkidlanishicha, qaror viloyatda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash hamda mehnat bozorini himoya qilish maqsadida qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra, Samara viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga ayrim iqtisodiy yo‘nalishlarda xorijiy fuqarolarni ishga jalb etish taqiqlanadi.

 

Xususan, migrantlarga kuryerlik, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida ishlash, shuningdek, sotuvchi sifatida faoliyat yuritish cheklanadi. Bundan tashqari, shahar va shahar atrofi transportida muntazam yo‘lovchi tashish, shuningdek, shaharlararo avtobuslarni boshqarish ham xorijiy ishchilar uchun taqiqlanadi.

 

Cheklovlar taʼlim sohasiga ham taalluqli bo‘lib, migrantlar maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida ishlashi, bolalarga taʼlim berishi yoki tarbiyachi sifatida faoliyat yuritishi mumkin emas.

 

Shuningdek, xorijiy fuqarolarga xodimlarni yollash, ishga joylashtirish bilan bog‘liq faoliyat, maʼlumotlar va maʼlumotlar bazalarini qayta ishlash hamda joylashtirish sohalarida ishlash taqiqlanadi.

 

Natijada Samara viloyatida migrantlarning ishlashi taqiqlangan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика