1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Demidenko migrantlarni vositachilar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi.

Rossiyada migrantlar uchun yangi xizmat yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

 

Migrantlar muammo tug‘ilgan paytda ular nima qilishlari mumkinligi haqida maʼlumot beradigan xizmatni yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Demidenko maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Migratsiya bosh boshqarmasi saytida zaruriy vaziyatlar deb ataluvchi alohida xizmat paydo bo‘ladi.

 

“Biz nima qilishni xohlayapmiz? Fuqarolar, jumladan, Qirg‘iziston fuqarolari murojaatlari asosida qo‘llanma paydo bo‘ladi, masalan, qabul qiluvchi tomon meni migratsiya ro‘yxatiga qo‘yishni istamasa, nima qilishim kerak va shunga o‘xshash holatlarda. Ikki oydan so‘ng bu xizmatni ishga tushirishni rejalashtiryapmiz”, — dedi Demidenko Sputnik Qirg‘iziston bilan suhbatda.

 

Shuningdek, u ko‘plab savollar, jumladan, vaqtinchalik yoki doimiy maqomni rasmiylashtirish bilan bog‘liq masalalarga oid maʼlumot boshqarma saytida mavjudligini eslatdi.

 

Demidenko migrantlarni vositachilar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi, chunki chuv tushishlari mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика