1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada migrantlarga pichoqlar olib yurishni ta'qiqlash taklif qilindi

Bunga migrantlar tomonidan pichoqli jinoyatlarning ortishi sabab bo'lgan.

Rossiyada migrantlarga pichoqlar olib yurishni ta'qiqlash taklif qilindi

 

Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan pichoq va tig‘li qurollarga o‘xshash buyumlarni olib yurishni taqiqlashga doir qonun loyihasi kiritildi. Bu haqida “TASS” xabar berdi.

 

Tashabbus Kommunistik partiya fraksiyasi deputatlari, jumladan, Mixail Matveyev tomonidan ilgari surilgan. Ularning fikriga ko‘ra, mamlakatda so‘nggi yillarda migrantlar tomonidan pichoqli qurollardan foydalanish bilan bog‘liq jinoyatlar soni sezilarli oshgan.

 

Qonun loyihasiga binoan, Rossiya hududida chet el fuqarolari tig‘li qurollar, turli kesuvchi va sanchuvchi moslamalar, shuningdek vazifasi qurolga o‘xshash uy-ro‘zg‘or yoki sanoat pichoqlarini olib yurish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

 

Taqdim etilgan tushuntirish xatida qayd etilishicha, 2022-yilda politsiya tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan pichoqli qurollar soni 2021-yilga nisbatan 25,9 foizga ko‘paygan. Shuningdek, hujjatda chet elliklar tomonidan rasmiy ravishda qurol sifatida tasniflanmagan pichoqlar yordamida sodir etilgan og‘ir jinoyatlar soni yuqoriligicha qolayotgani ta’kidlanadi.

 

Qonun loyihasi hozirda deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Tasdiqlangan taqdirda mazkur cheklovlar Rossiya hududida faoliyat yuritayotgan barcha xorijliklarga tatbiq etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика