1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada migrantlarning ish joyini birinchi yilda o‘zgartirishiga cheklov kiritilishi mumkin

Ushbu chora qurilish, qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal xizmatlari kabi muhim sohalarda kadrlar almashinuvini kamaytiradi.

Rossiyada migrantlarning ish joyini birinchi yilda o‘zgartirishiga cheklov kiritilishi mumkin

 

Rossiya Davlat Dumasiga xorijiy fuqarolar uchun ish tartibini tartibga soluvchi yangi qonun loyihasi kiritildi. Loyiha Rossiyaga vizasiz kelgan va patent asosida ishlayotgan migrantlarga kamida bir yil davomida bir ish beruvchida ishlash majburiyatini belgilashni nazarda tutadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Qonun loyihasiga muvofiq, agar migrant mamlakatda qolishni davom ettirish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmasdan, 12 oylik muddat tugashidan oldin mehnat shartnomasini bekor qilsa, uning patenti bekor qilinadi va Rossiyani tark etishi shart bo‘ladi.

 

Bundan tashqari, shartnoma asosli sabablarga ko‘ra bekor qilinganda xodim yangi mehnat shartnomasini topish uchun 30 kunlik muddatga ega bo‘ladi.

 

Ushbu chora qurilish, qishloq xo‘jaligi va uy-joy kommunal xo‘jaligi kabi muhim sohalarda kadrlar almashinuvini kamaytiradi, migrantlar va ish beruvchilarning masʼuliyatini oshiradi hamda migratsiya boshqaruvini yaxshilaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика