1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada jasadlarni pullab kelgan “morg” rahbari ushlandi

Jasadlar va tana qismlari ilmiy tajribalar va tibbiyot sohalarida qo‘llanilgan.

Rossiyada jasadlarni pullab kelgan “morg” rahbari ushlandi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida joylashgan Aleksandrovskaya kasalxonasi o‘likxonasi rahbari jasadlar va tana qismlarini noqonuniy ravishda tijorat maqsadlarida topshirish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida hibsga olindi. Bu haqda TASS ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs xususiy kompaniya vakillaridan pora olib, marhumlarning jasadlari va tana qismlarini berib kelganlikda gumon qilinmoqda. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu qismlar keyinchalik tijorat tashkilotlariga o‘tkazilib, ilmiy tajribalar va tibbiyot sohalarida qo‘llanilgan.

 

Sud qaroriga binoan, gumonlanuvchiga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda pora olish moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yilgan va u sudgacha qamoqqa olingan. Avvalroq ushbu ish doirasida jasadlar va tana qismlarini qabul qilgan xususiy kompaniya asoschisi ham hibsga olingani xabar qilingan.

 

Tergov organlari ma’lumotiga ko‘ra, noqonuniy sxema doirasida ayrim hollarda qarindoshlari bo‘lmagan yoki ijtimoiy himoyasiz shaxslarning jasadlari ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика