1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada nogiron erkaklar soni rekord darajada ko‘paydi

Rossiyada 31–59 yoshli erkaklar o‘rtasida nogironlar ulushi keskin o‘sdi.

Rossiyada nogiron erkaklar soni rekord darajada ko‘paydi

2023-yilda shu yosh toifasidagi nogiron erkaklar soni 2,17 million kishini tashkil etib, so‘nggi 8 yildagi rekord qayd etildi. Bu haqda “Vyorstka” nashri Pensiya va ijtimoiy sug‘urtalash jamg‘armasiga asoslanib xabar berdi

 

2022-yilda 31–59 yoshlilar toifasida 1,67 million nafar nogiron ro‘yxatga olingandi. Nashrning yozishicha, bir yil ichida bunday shaxslar safi 30 foizga kengaygan yoki 507 ming nafarga ko‘paygan.

 

Demograf Aleksey Raksha “Vyorstka” bilan suhbatda nogiron erkaklar soni jangovar harakatlar qatnashchilari hisobiga ko‘paygan, degan fikrni bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика