Rossiyaning Qrim hududida noqonuniy migratsiya kanalini tashkil etish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi eʼlon qilindi. Baxchisaroy tuman sudi qaroriga ko‘ra, mazkur jinoiy sxema tashkilotchisi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va umumiy tartibli koloniyada jazoni o‘taydi. Bu haqda mk.ru nashri xabar berdi.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, jinoiy guruh tarkibiga Baxchisaroy tumanidan bo‘lgan ikki nafar tadbirkor hamda o‘z uyida chet el fuqarolarini noqonuniy ravishda joylashtirgan mahalliy fuqaro ham kirgan. Ushbu shaxslarga besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ikki yillik sinov muddati bilan jazoni shartli o‘tash belgilandi.
Tergov maʼlumotlariga ko‘ra, guruh Qrim hududida noqonuniy ish izlayotgan chet el fuqarolarini jalb qilib, ularni Sakskiy va Belogorskiy tumanlaridagi qurilish maydonlarida ish bilan taʼminlagan. Ushbu sxema orqali migrantlarga ish ruxsatnomalarisiz va qonuniy hujjatlarsiz hududda qolish imkoniyati yaratilgan.
Mazkur holat Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB)ning Qrim bo‘limi tomonidan aniqlanib, qonuniy tartibda sudga oshirilgan.


