1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik 13 yoshli qizning  jasadi  topildi

Qizning jasadi Sankt-Peterburg shahrida Industrialniy prospektidagi o‘n ikki qavatli bino yonida topilgan. Bu haqda 29-sentabr kuni "Fontanka" maʼlum qilgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik 13 yoshli qizning  jasadi  topildi

 

 

Surishtiruv davomida мarhum yashaydigan to‘qqizinchi qavatdagi oshxona oynasi ochiq bo‘lgani aniqlangan. Qizchaning oynadan tushib ketgani haqidagi taxminlar ham bor.

 

Hujjatlarga ko‘ra, qizning ota-onasi Sankt-Peterburgga o‘tgan yili fevral oyida kelishgan. Biroq shu vaqt ichida faqatgina onasigina ro‘yxatdan o‘tgan. Qizni esa shaharga shu yilning iyul oyida olib kelishgan. Maktabga joylashtirishga ham ulgurishmagan. Hozirda tergov jarayonlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Moskva shahrida 1990-yilda tug‘ilgan o‘zbekistonlik mehnat migranti o‘lik holda topilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика