1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga ko‘maklashish uchun komissiya ish boshladi

Avvalroq Mirziyoyev Rossiyaga tashrifi doirasida Putin bilan mehnat migrantlari masalalarini muhokama qilgandi.

Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga ko‘maklashish uchun komissiya ish boshladi

 

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi delegatsiyasining Rossiyaga tashrifi boshlandi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi agentligi direktori Alisher Saʼdullayev maʼlum qildi. 

 

Taʼkidlanishicha, 9-20-oktabr kunlari Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika komissiyasi Rossiyada tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Komissiya raisi Qahramon Quranboyev boshchiligidagi komissiya aʼzolari Novosibirsk shahridagi migrantlar yotoqxonalarida bo‘lib, u yerda o‘rganish ishlarini olib borgan.

 

O‘rganishlar jarayonida yotoqxonada istiqomat qiladigan 62 nafar O‘zbekiston fuqarolari bilan ochiq muloqot tashkil etilgan. Masalalar shu yerning o‘zida hal etilib, qolganlari ishlab chiqiladigan yo‘l xaritaga qo‘shishga kelishib olindi.

 

Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan murojaatlarni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика