1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantni OMONchilar kaltaklab o'ldirgani aytilmoqda

Yana bir jabrlanuvchi shifoxonada og‘ir ahvolda ekanligi ma'lum qilindi.

Rossiyada o‘zbekistonlik migrantni OMONchilar kaltaklab o'ldirgani aytilmoqda

Manbalarga ko‘ra, 2025-yil 12-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Xabarovsk shahrida o‘zbekistonlik migrantlar ishtirokida og‘ir holat qayd etilgan.

 

Kuch ishlatar tuzilma vakillari kafelardan biriga sababsiz bostirib kirib, u yerda bo‘lgan o‘zbekistonlik fuqarolarni ayovsiz kaltaklagan.

 

Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro bosh qismidan og‘ir tan jarohati olib, komaga tushgan hamda ularning qo‘l-oyoqlari singan.

 

Komaga tushganlardan biri bir necha kundan so‘ng vafot etgan. Yana bir o‘zbekistonlik fuqaro hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, marhum Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘idan bo‘lgan. Hozircha marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelingani haqida ma’lumot yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика