1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, bolalarni vatanga qaytarish jarayonida amaliy yordam so‘ragan.

Rossiyada qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

 

 

Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 6 nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bolalar ombudsmani Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, bolalarni vatanga qaytarish jarayonida amaliy yordam so‘ragan. Bolalar O‘zbekistonga olib kelinguniga qadar Rossiyadagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilgan.

 

Rossiya tomoni zarur shart-sharoitlarni ta’minlagan. 2026-yil 1-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi vakillari hamrohligida 2 nafar bola Sankt-Peterburgdan, 1 nafardan Moskva shahri, Moskva viloyati, Qozon shahri va Kabardin-Balkar Respublikasidan O‘zbekistonga qaytarilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика