1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilindi

Putin bu bo‘yicha qaror imzolagan.

Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilindi

 

Rossiyada qisman safarbarlik eʼlon qilindi. Bu haqda Vladimir Putin o‘z videomurojaatida maʼlum qildi.

 

Bu qarorni prezident “Rossiyani, uning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida” qabul qilganini aytgan. Bu bo‘yicha maxsus farmon imzolaganini taʼkidlagan.

 

“Faqatgina zaxiradagi harbiy xizmatchilar, shuningdek, qurolli kuchlar safida xizmat qilgan fuqarolar chaqiriladi. Ular “maxsus operatsiya” tajribasidan kelib chiqib qayta tayyorgarlikdan o‘tadi”, – degan u.

 

Safarbarlik ishlari bugundan boshlanadi. Kreml tomonidan eʼlon qilingan qaror matnida faqatgina yoshi, salomatligi tufayli muammosi bor hamda sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilgan fuqarolargina safarbarlikdan ozod qilinishi belgilangan.

 

Shu bilan birga Putin G‘arbni yana bir bor Rossiyaga qarshi tajovuzlarda va “yadro shantaji”da ayblagan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика