1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyada shifokorlar o‘zbekistonlik ayolning chaqalog‘ini o‘ldirishda ayblandi

Tug‘ilish tarixida ular buni homilaning o‘limi deb qayd etgan.

Rossiyada shifokorlar o‘zbekistonlik ayolning chaqalog‘ini o‘ldirishda ayblandi

 

Rossiyaning Kaliningrad shahrida shifokorlar o‘zbekistonlik ayolning chaqalog‘ini o‘ldirishda aybdor deb topildi.

 

Kaliningradlik shifokorlar Yelena Belaya va Elina Sushkevich 24 avgustga o‘tar kechasi tug‘ilgan chaqaloqni o‘ldirishda aybdor deb topilgan. «Shifokorlar ishi» bo‘yicha sud jarayonlari bir necha yildan buyon davom etayotgani aytilmoqda.

 

Surishtiruvlar 2018-yilning noyabrida 27 yoshli o‘zbekistonlik ayol tug‘ruqxonada muddatidan oldin o‘g‘il farzandni dunyoga keltirganini, bosh shifokor statistik maʼlumotlarning yomonlashishi va uning keyingi bosh shifokor etib tayinlanishiga salbiy taʼsir ko‘rsatishining oldini olish uchun chaqaloqdan “qutulish”ga uringanini ko‘rsatdi.

 

U tibbiyot xodimlariga «bolaning omon qolmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishni» topshirgan. Bosh shifokor Sushkevichni chaqaloqqa magniy sulfatning o‘ldiradigan dozasini ukol qilishga ko‘ndirgan. Tug‘ilish tarixida ular buni intranatal o‘lim, yaʼni homilaning o‘limi deb qayd etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика