1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan jazo bekor qilindi

Migratsiya masalasidagi tushunmovchiliklar rasmiy muloqotlar orqali bartaraf etildi.

Rossiyada tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaga nisbatan jazo bekor qilindi

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) joriy yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan tashrifi doirasida ikki davlat ombudsmanlari hamkorligida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda Rossiyada tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar va boshqa hamyurtlarimizning murojaatlari o‘rganildi.

Sayyor qabul jarayonida Rossiyada joylashgan “Iqtisod oliy maktabi” milliy tadqiqot universitetida (NIU VShE) tahsil olayotgan 31 nafar o‘zbekistonlik talabaning murojaati ham qabul qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, universitet ma’muriyati tomonidan talabalar migratsiya hisobida turish muddatini uzaytirish bo‘yicha vakolatli organlarga ma’lumotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan.

Mazkur holat ombudsmanlar tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, Rossiyaning mas’ul idoralari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida talabalarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jazolar bekor qilindi. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik amalda samarali ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика