1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada texnik va tibbiyot kasblari IT sohasini ortda qoldirmoqda

Jarrohlar va stomatologlar oyiga yarim million rubldan ortiq topmoqda.

Rossiyada texnik va tibbiyot kasblari IT sohasini ortda qoldirmoqda

 

Rossiyada ba’zi texnik va tibbiyot sohalari vakillari IT mutaxassislaridan ko‘proq daromad olayotgani ma’lum bo‘ldi. Mustaqil HR-mutaxassislarning aniqlashicha, tokarlik kasbi egalari oyiga 300 ming rubl va undan ko‘proq maosh olishmoqda.

 

Xususiy klinikalarda faoliyat yuritayotgan jarrohlarning oylik daromadi 300 mingdan 500 ming rublgacha yetadi. Stomatolog-implantologlar esa oyiga 500 mingdan 1 million rublgacha, ba’zida undan ham ko‘proq daromad olishmoqda.

 

Shuningdek, premium segmentdagi kosmetolog shifokorlarining oylik maoshlari 300–400 ming rubl atrofida bo‘layotgani qayd etilgan.

 

Bu ma’lumotlar Rossiyada ayrim ixtisoslashgan kasblar, ayniqsa texnik va tibbiy sohalarda yuqori darajadagi mutaxassislar uchun talab va daromad barqaror oshib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика