Sant-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonchasida uch kishi vafot etgan. Santkt-Peterburg prokuraturasi ularning o‘limi sabablarini aniqlagan. Qayd etilishicha, voqea 27-oktabr kuni soat 15:00 atrofida Shafirovskiy prospiktida krematory yaqinida sodir bo‘lgan.
Mazkur hududda ekskavator yordamida uzunligi 20 metr va chuqurligi to‘rt metr bo‘lgan drenaj quvurlari uchun xandaq yotqizilgan. So‘ng, uch nafar ishchi qolgan ishni qo‘lda bajarishda davom etgan. Shu vaqtda xandaqning bir tomon devori qulagan va ishchilar tuproq ostida qolib ketgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelgunga qadar, ishchilarning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan. Ma’lumot berilishicha, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning biri 33, biri 43 yoshda bo‘lgan. Uchinchi ishchining esa yoshi aniqlanmoqda.
Hozirda Krasnogvardeyskiy tumani prokuraturasi ishchilarning o‘limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.


