Rossiyaning Mordoviya Respublikasidagi Kovilkino shahrida ichki ishlar xodimlari tomonidan qurilish obyektida hujjatlarsiz ishlayotgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Mazkur shaxslar mehnat faoliyatini belgilangan tartibda ruxsatnomasiz amalga oshirganliklari sababli har biri 9 000 rubl (taxminan 1 million 433 ming 595 so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.
Qo‘lga olinganlar xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markaziga joylashtirilib, ularga nisbatan Rossiyadan ma’muriy chiqarib yuborish jazosi tayinlandi.
Rasmiylarga ko‘ra, bunday qonunbuzarliklar Rossiyada muhojirlar bilan bog‘liq mehnat tartibini qat'iy nazorat qilish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Mahalliy hukumat organlari hujjatsiz ishlayotgan xorijliklar bo‘yicha reydlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Shu bois, O‘zbekiston fuqarolariga xorijda ishlashdan oldin barcha huquqiy talablarni to‘liq bajargan holda yo‘lga chiqish tavsiya etilmoqda.


