1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga kompensatsiya undirib berildi

Bugungi kunda mehnat muxojiri sifatida faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyat qismi Rossiya davlatida qo‘nim topgan.

Rossiyada vafot etgan o‘zbekistonlik mehnat migrantining oilasiga kompensatsiya undirib berildi

 

1994-yilda tug‘ilgan yurtdoshimiz B.Yusupov bilan shunday holat kuzatildi. U Rossiyaning “МОНОТЕК СТРОЙ” MCHJda ish boshlaganidan 2 oy 5 kun o‘tib, 2020-yil 21-sentabr kuni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgandi. Uni Xorazm viloyatida ota-onasi,1995-yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i va 2019-yilda tug‘ilgan qizi yaxshi niyatlar bilan kutgani, shubhasiz. 

 

Marhumning oilasiga zararni undirib berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi tomonidan rossiyalik yuristlar jamoasi jalb etilib, uzoq davom etgan jarayonlardan so‘ng 1 mln 161 ming rubl (15 774 AQSH dollari) mablag‘ to‘lab berish bo‘yicha ish beruvchi bilan yuridik kelishuvga erishildi.

 

Shuningdek, Rossiya qonunchiligiga muvofiq, marhumning oilasiga jabrlanuvchining ish joyida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani munosabati bilan 1 mln rubl atrofida kompensasiya berilishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Hozirgi vaqtda Rossiya Federasiyasi Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan ushbu mablag‘ni undirish va marhumning voyaga yetmagan qiziga 18 yoshga to‘lgunga qadar nafaqa tayinlash masalasi hal qilinmoqda.

 

Aytib o‘tish o‘rinli bo‘ladiki, ish joyidagi o‘lim yoki shikastlanish ish beruvchining aybi bilan sodir bo‘lsa, jabrlanuvchi yoki uning yaqin qarindoshlari kompensasiya olish huquqiga ega. Shu bilan birga, mehnat migrantlarining huquqlarini himoya qilish maqsadida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xorijiy advokatlik tashkilotlari (Rossiyada 18 ta, Qozog‘istonda 4 ta, Turkiyada 3 ta) bilan shartnomalar imzolagan.

 

 

Avvalroq, Mehnat migrasiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensasiya to‘lab berilishi haqida xabar bergandik.

 

Maftuna Rejabboyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика