2024 yilda Rossiyada deyarli 450 ta shunday avtosalon o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘p.
Mahalliy nashrlarga ko‘ra, bunga yuqori raqobat tufayli savdo ko‘rsatkichlarining keskin tushib ketishi asosiy sabab deya baholanmoqda. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ko‘pincha dilerlarning o‘zlari rentabellik etarli emasligi sababli aloqalarni uzgan.
Qayd etilishicha, 2024 yili Rossiya Federatsiyasida 2780 ta Xitoy avtosalonlari mavjud bo‘lib, ularning bozordagi ulushi yil davomida 63,8 foizdan 66,9 foizga oshgan.


