1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Asosiy eʼtibor kimyoviy ifloslanish oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan.

Rossiyada yadroviy zarba ehtimoli yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi

4-oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasining bir qator hududlarida fuqarolik mudofaasi va yadroviy-kimyoviy ifloslanish oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Baza Telegram kanali xabar berdi.

 

Mashg‘ulotlar, xususan, Anapa, Ulyanovsk, Kogalim, Buzuluk, Snejinsk va boshqa shaharlarda o‘tkazilgan.

 

Asosiy eʼtibor kimyoviy ifloslanish oqibatlarini bartaraf etishga qaratildi. Mashg‘ulotlarga kirish sifatida dushman tomonidan infratuzilma obyektlariga havodan yadroviy zarba berish holati ishlatilgan. Ikki kun oldin Rossiyada ommaviy ogohlantirish tizimlarining auditi o‘tkazilgandi.

 

Eslatib o‘tamiz25 sentyabr kuni Vladimir Putin Rossiya yadroviy doktrinasiga o‘zgartirish kiritilishini maʼlum qildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Putinning bayonotlarini masʼuliyatsizlik deb baholadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика