1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilindi

Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilindi.

Rossiyada yuz bergan ommaviy mushtlashuvda ishtirok etgan migrantlar 40 yilga deportatsiya qilindi

 

Joriy yilning 6 avgust kuni Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabar qilingandi.

 

Norasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, unda o‘zbeklar ham ishtirok etgani aytilgandi. Shuningdek, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Unda ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

 

“Rentv” xabariga ko‘ra, bu janjalda 40 ga yaqin migrant qo‘lga olingan. Rossiya federatsiyasi qonunchiligiga asosan, ko‘chadagi uyushgan jinoyatlarni sodir etganlar uchun 1 million rublgacha jarima yoki 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanish belgilangan.

 

Mazkur jinoyatchilik bo‘yicha Moskva viloyati sudi hukmi eʼlon qilindi. Unga ko‘ra, 12 ta ishtirokchi qo‘lga olinib, ular o‘z yurtiga deportatsiya qilindi. Bunday jinoyatlarni sodir etganlar 40 yilgacha Moskvaga kirishi taqiqlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика