1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun patent narxi o‘zgardi

2022 yildan xorijiy ishchilarga ishlash huquqini beruvchi patent narxi ko‘tariladi.

Rossiyadagi mehnat muhojirlari uchun  patent narxi o‘zgardi

 

Qayd etilishicha, Rossiya poytaxti Moskva shahrida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent narxi ko‘tariladi.

 

Bu haqda Moskva hukumati vaziri, shahar iqtisodiy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Kirill Purtov  xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab Moskvada mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyent oshadi, bu koeffitsiyent asosida chet el fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi patent narxi xisoblanadi.

 

Shuningdek, shaharda mehnat migrantlari uchun patent narxi 1 oyga 5341 rubldan (taxminan 768 ming so‘m5900 rublgacha (taxminan 848 ming so‘m) oshiriladi.

 

Kirill Purtov ushbu qonunga 2022 yilda mehnat bozorining hududiy xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyent 2,3878 dan 2,4832 gacha oshirililishi hamda  patent narxi (oldingi narx 5341 rubl) 2020 yilda belgilangan bo‘lib, bu yili o‘zgarmaganini ham maʼlum qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada oylik maosh ish hajmiga qarab 40 ming rubldan boshlanadigan ish taklif etilgani hamda  yaqin oylarda mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtirilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek,  mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lanishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика