1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

Bu bo‘yicha arizalar 20-noyabrgacha qabul qilinadi.

Rossiyadagi o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

 

Rossiyaning 6 ta hududidagi talabalar o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

 

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMda tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

 

Unga ko‘ra, talabalarning o‘qishi ularning arizalariga muvofiq doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) ta’lim yo‘nalishiga ko‘chiriladi.

 

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar 2022-yil 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) Davlat test markazining my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi) orqali qabul qilinadi.

 

Talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTMning idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi.

 

Fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa, ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi. O‘qishi ko‘chirilgan talabalarning o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul topshiriladi.

 

Shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida yuqorida qayd etilgan hududlarda joylashgan hamkor OTMda tahsil olayotgan hamda 2022/2023-o‘quv yilida yuborilishi rejalashtirilgan talabalar o‘qishini ularning arizalariga muvofiq muayyan oliygoh doirasida mos (mos bo‘lmagan taqdirda turdosh) bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga (magistratura mutaxassisligiga) ko‘chirishga ham ruxsat berildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика