1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalari chegarada to‘xtatib qolindi

Poezd kuzatuvchilari yashirgan qimmatbaho tibbiy buyumlar musodara qilingan.

Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalari chegarada to‘xtatib qolindi

Qoraqalpog‘iston—temir yo‘l xalqaro o‘tkazish punktida “Volgograd – Toshkent” yo‘nalishidagi poezd tekshiruvdan o‘tkazildi. Tadbir davomida ikki vagon kuzatuvchisi tomonidan turli joylarga yashirilgan yirik hajmdagi tibbiy buyumlar va dori vositalari borligi fosh etildi.

 

Dastlab 7-vagon kuzatuvchisining havo aylantirish qismiga yashirgan qiymati qariyb 913 million so‘m bo‘lgan 30 turdagi 2742 dona stomatologik buyum va uskunalar topildi. Shuningdek, 12-vagonda Toshkentlik kuzatuvchi tomonidan bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mga yaqin bo‘lgan 12 turdagi 894 dona dori vositalari va tibbiy anjomlar aniqlandi.

 

DXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu buyumlar moddiy manfaat evaziga Toshkent shahriga yetkazilishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика