1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadan olib kelinayotgan narkotik moddalar chegara bojxonasida ushlandi

Narkotik moddalar avtomashina ehtiyot qismi ichidan topilgan.

Rossiyadan olib kelinayotgan narkotik moddalar chegara bojxonasida ushlandi

 

 

Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Rossiyadan olib kelinayotgan yirik miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi. Holat Toshkent viloyatidagi “Navoiy” chegara bojxona postida aniqlangan. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar berdi. 

 

Tekshiruv jarayonida Qozog‘istondan kirib kelgan “Lada Largus” avtomashinasi yukxonasidan “Gazelle” rusumli transport vositasi uchun mo‘ljallangan uzatmalar qutisi topildi. Ushbu ehtiyot qism ichiga yashirilgan holda 5 o‘ramda jami 2 kg 300 gramm “mefedron” sintetik giyohvand moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.

 

Aniqlanishicha, haydovchi mazkur yukni Toshkent viloyatida kutib turgan boshqa shaxsga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. Tezkor tadbir davom ettirilib, buyurtmani qabul qilish vaqtida ikkinchi gumonlanuvchi ham ushlandi. Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergo v ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика