1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

Vatanga qaytarilgan bolalar tibbiy va ijtimoiy yordamdan so‘ng o'z oila a’zolariga topshirildi.

Rossiyadan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 6 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi

 


Chet elda ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan bolalarni Vatanga qaytarish bo‘yicha ishlar izchil davom etmoqda. 2026-yil 8-fevral kuni O‘zbekiston mutasaddi idoralari vakillaridan iborat ishchi guruhning Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari yakunlandi.

 

Mazkur safar doirasida Rossiya hududida qarovsiz qolgan 6 nafar voyaga yetmagan bola Toshkent shahridagi Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport orqali O‘zbekistonga olib kelindi.

 

Vatanga qaytarilgan bolalar dastlab Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Bu yerda ular uchun zarur huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam choralarini ko‘rish ishlari amalga oshirildi.

 

Barcha tartib-taomillar yakunlangach, bolalar belgilangan tartibda ota-onalari va yaqin qarindoshlariga topshirildi. Ularning keyingi ijtimoiy moslashuvi va qo‘llab-quvvatlanishi yashash hududlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan davom ettiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика