1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaga bir qarich ham yer berilmaydi — Zelenskiy

Ukraina rahbari mamlakatning hududiy yaxlitligi muzakara uchun ochiq mavzu emasligini aytdi.

Rossiyaga bir qarich ham yer berilmaydi — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat hech qachon o‘z yerlarini Rossiyaga bermasligini qatʼiy taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina hududi faqat ukrain xalqiga tegishli va uning bir qarich qismi ham “bosqinchiga sovg‘a qilinmaydi”.

 

“Ukrainlar hech kimga yer bermaydi. Biz bosqinchiga yer sovg‘a qilmaymiz. Bu haqdagi javob Konstitutsiyamizda aniq yozilgan — hech kim bundan chetga chiqa olmaydi”, — dedi Zelenskiy mamlakat televideniyesidagi murojaatida.

 

Prezidentning bu so‘zlari AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp va Rossiya rahbari Vladimir Putin o‘rtasida Ukraina ishtirokisiz bo‘lib o‘tgan ehtimoliy muzokaralar fonida aytildi. Zelenskiy bunday kelishuvlarni “to‘liq noqonuniy” va “to‘xtovsiz jangovar harakatlarga turtki beruvchi omil” deb atadi.

 

“Bu urushni tugatish kerak — lekin uni Ukraina emas, Rossiya tugatishi lozim. Biz o‘z yerimiz uchun kurashishdan to‘xtamaymiz”, — dedi u.

 

Shuningdek, Ukraina rahbari mamlakatning hududiy yaxlitligi muzakara uchun ochiq mavzu emasligini, har qanday kelishuv Ukraina ishtirokisiz qabul qilinsa, u haqiqiy tinchlikka xizmat qilmasligini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика