1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyaga O‘zbekistondan yuborilgan xurmo qaytarilgani aytilmoqda

Maʼlum bo‘lishicha, olingan namunalarda G‘arb gul tripsi aniqlangan.

Rossiyaga O‘zbekistondan yuborilgan xurmo qaytarilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasiga O‘zbekistondan yetkazilgan xurmo zararlanganligi aniqlanib, qaytarilgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda. Holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rasmiy munosabat bildirdi. 

 

Qayd etilishicha, 18 sentyabr kuni Rosselxoznadzorning Janubiy hududlararo boshqarmasi tomonidan import bo‘lgan xurmo mahsuloti tekshiruvdan o‘tkazilgan va olingan namunalarda G‘arb gul tripsi aniqlangan.

 

G‘arb gul tripsi 80 ga yaqin davlatda uchraydi. Asosan danakli va sitrus mevalar, baʼzi turdagi gullar, poliz ekinlari va bir necha turdagi sabzavotlarni zararlab, ularning hosildorligiga taʼsir qiladi.

 

“O‘rganishlar natijasida xurmo Andijon viloyatida yetishtirilgani aniqlangan. Biroq mahsulot ortga qaytarilmagan. Eksportyorning maʼlum qilishicha, G‘arb gul tripsini zararsizlantirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilganidan so‘ng mahsulot Rossiya rastalariga savdoga chiqarilgan”, deyiladi agentlik xabarida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика