1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday shartlar asosida bekor qilinadi?

AQSH davlat kotibi o‘rinbosari javob berdi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar qanday shartlar asosida bekor qilinadi?

 

G‘arbning Rossiyaga qarshi joriy etilgan sanksiyalari bekor qilinishi sharti aytildi. Bu haqda AQSH davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland maʼlum qildi.

 

"Agar Rossiya Ukrainadagi urushni bekor qilsa, sanksiyalar tugaydi", — degan u “TASS” nashriga bergan intervyusida. Nuland, shuningdek, Moskva Ukraina qayta tiklanishida ishtirok etishi, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishi lozimligini taʼkidlagan. Diplomatning fikricha, Rossiya hozirda "Ukrainaning mavjud bo‘lish huquqi" faktini inkor etib kelmoqda.

 

Maʼlumot o‘rnida: 24-fevral kuni Rossiya Ukraina sharqida maxsus operatsiya boshlaganini eʼlon qildi. Shu kungacha Berdyansk, Xerson kabi yirik shaharlar egallandi. Odessa va Mariupol hozirda qurshab olingan. Kiyev va Xarkov ostonalarida qonli janglar davom etmoqda. Urush ortidan Moskvaga qarshi G‘arb yangi sanksiyalar joriy etdi. Yevroittifoq va AQSH Rossiya samolyotlari uchun osmonini yopdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin rus va ukrainlarni bir xalq deb hisoblashini aytgandi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика