Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining o‘ninchi to‘plami Rossiyaning to‘rtta bankiga, jumladan, eng yirik xususiy “Alfa” bankiga ham taʼsir qilishi mumkin.
Shuningdek, taklif etilayotgan cheklovlar qatorida RF fuqarolarining Yevropa Ittifoqining muhim infratuzilma kompaniyalari direktorlar kengashlarida ishtirok etishini taqiqlash ham bor.
Sanksiyalar paketiga 130 ta tashkilot va shaxslar, jumladan, Rossiya rasmiylari, harbiy rahbarlar, Ukrainaga qarshi urush yoki «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasiga aloqador boshqa mamlakatlardagi kompaniyalar va jismoniy shaxslar kirishi mumkin.
YеI, shuningdek, Moskvaga bir qator tovarlar, jumladan yuk mashinalari, boshqa og‘ir transport vositalari va qurilish sohasida qo‘llaniladigan mashinalarni eksport qilishni taqiqlamoqchi.
Sanksiyalarning o‘ninchi paketi Rossiya qurol ishlab chiqarishda foydalanishi mumkin bo‘lgan elektron qismlarga qo‘shimcha eksport taqiqlarini ham o‘z ichiga oladi.
Yangi cheklovlar paketi 15 fevral kuni Yevropa Ittifoqida muhokama qilinadi.


