1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyaliklar Yangi yilni O‘zbekistonda kutib olmoqchi

O‘zbekiston rossiyalik sayohatchilar Yangi yil taʼtilini o‘tkazishni rejalashtirayotgan mamlakatlar TOP-5 taligiga kirdi.

Rossiyaliklar Yangi yilni O‘zbekistonda kutib olmoqchi

 

Markaziy Osiyo rossiyalik sayohatchilar Yangi yil taʼtilini o‘tkazishni rejalashtirayotgan eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘ldi. Bu haqda RIA novosti OneTwoTrip maʼlumotlariga tayangan holda xabar berdi.

 

Xizmat tahlilchilari 2022 yil 31 dekabridan 2023 yil 8 yanvargacha bo‘lgan davrda band qilingan sayohat maʼlumotlarini o‘rganib chiqqan.

 

Unga ko‘ra, Tailand reytingning eng yuqorisida qayd etilgan – qish taʼtili davrida band qilingan sayohatlarning qariyb 15 foizi unga to‘g‘ri kelgan. Keyingi o‘rinda Vyetnam. 11 foiz sayohatchi bu mamlakatni tanlagan. 10 foiz bilan Qozog‘iston uchinchi pog‘onada.

 

Turkiya 2021 yilgi reytingning birinchi o‘rnidan to‘rtinchi o‘ringa tushgan. O‘zbekiston esa beshinchi o‘rinda. Bu har ikki mamlakatga sayohatchilarning 6-8 foizi borishni rejalashtirgan.

 

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Indoneziya (5,5 foiz), BAA va Isroil (4 foiz), Armaniston va Serbiya (3 foiz) joylashgan.

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 million nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Shulardan 395,1 ming nafari Rossiyadan kelgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика