1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaning eng boy amaldorlaridan biri mehmonxonada sirli o‘lim topdi

Ikki kun avval uning hamrohi ham o‘lik holda topilgani aytilmoqda.

Rossiyaning eng boy amaldorlaridan biri mehmonxonada sirli o‘lim topdi

 

Vladimir viloyati kengashi deputati Pavel Antov 65 yoshida vafot etdi. Deputat Hindistonda taʼtil vaqtini o‘tkazayotganida vafot etgan, deb yozadi TASS.

 

25-dekabr kuni u to‘rt kishidan iborat sayyohlik guruhi bilan dam olayotgan Odisha shtatidagi mehmonxona oynasidan tushib ketgani qayd etilgan.

 

Hind politsiyasi bu o‘z joniga qasd qilish bo‘lishi mumkinligini, Antom o‘limidan ikki kun oldin uning hamrohlaridan biri Vladimir Bidenov ham xuddi shu mehmonxonada o‘lik holda topilganini maʼlum qildi.

 

Shtat politsiyasi va Rossiyaning Kalkuttadagi bosh konsulligi Hindistonda ikki rossiyalikning o‘limida shubhali hech narsa ko‘rmayapti.

 

Maʼlumot o‘rnida, Pavel Antov — go‘sht va kolbasa mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya asoschisi edi. U 2018-yilda «Yagona Rossiya» partiyasidan Vladimir viloyati Qonunchilik kengashiga deputat etib saylangan va u yerda agrar siyosat, atrof-muhit va ekologiya qo‘mitasini boshqargan.

 

Deputat etib saylangan yili Antov 9,97 milliard rubllik daromadi bilan Forbes jurnali tomonidan tuzilgan Rossiyaning eng boy davlat xizmatchilari reytingida birinchi o‘rinni egallagandi. Keyingi yili bu reytingda u 26-o‘ringa tushgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика