1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ruminiya osmonida samolyot dvigatelida yong‘in chiqdi

Shundan so‘ng samolyot favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Ruminiya osmonida samolyot dvigatelida yong‘in chiqdi

Buxarestning Otopeni aeroportidan Oradeyaga uchgan “Airbus A320” samolyoti havoga ko‘tarilgandan 15 daqiqa o‘tib, dvigatelida portlash sodir bo‘ldi. Natijada samolyot Buxarestga favqulodda qaytishga majbur bo‘ldi.

 

Yo‘lovchilardan biri tomonidan olingan suratlarda samolyot chap qanoti yaqinida olov chiqayotganini ko‘rish mumkin. Hodisa chog‘ida bortda Oradeya meri ham bo‘lgan.

 

Aviakompaniya vakillarining maʼlum qilishicha, parvoz vaqtida aniqlangan texnik nosozlik sababli ekipaj xavfsizlik choralarini ko‘rib, aeroportga qaytishga qaror qilgan.

 

“Samolyot Buxarestga muvaffaqiyatli va hech qanday talofatsiz qo‘ndi. Texnik mutaxassislar nosozlik sabablarini tahlil qilishmoqda. Oradeyaga parvoz bekor qilindi va yo‘lovchilarga muqobil variantlar taklif qilindi”, — deyiladi aviakompaniya bayonotida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика